Узбек O'zbek
Vadim Abramov: «Yaxshi futbolchi yetishib chiqishi uchun sharoit kerak»
Seshanba, 05 Noyabr
3874

AOKAda 2018 yil 16 martda e’lon qilingan «2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

Anjumanda qatnashayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bolalar maktabida yaxshi futbolchi yetishib chiqishi uchun yaxshi sharoit kerakligini aytdi.

«Bizga yaxshi futbolchilar yetishmasligi bor gap. Men masalan olimpiya jamoasida yaxshi futbolchilar yetishib chiqayotganini ko‘ryapman. Ammo ular milliy jamoaga ham yaxshi holatda kelishi kafolatlanmagan. Yaxshi futbolchi tayyorlanishi uchun yaxshi murabbiy va eng avvalo yaxshi sharoit kerak»,— deb Abramovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz