Узбек O'zbek
«Napoli» prezidenti o‘yinchilarni tashqariga chiqarmay, klub bazasini yopib qo‘ydi
Seshanba, 05 Noyabr
3610

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis jamoaning so‘nggi o‘yinlaridagi natijalaridan norozi.

«Napoli» 3ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmaydi. Shu munosabat bilan De Laurentis hafta so‘nggiga qadar jamoa bazasini yopdi. Bundan maqsad jamoaning «Zalsburg» va «Jenoa»ga qarshi o‘yinlarga jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rishidir.

«Bu jazo emas, balki bir-biringizni yaxshiroq bilish imkoniyatidir», – dedi klub prezidenti.

O‘z navbatida uning bu qarorini jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tanqid qildi.

«Agar siz mendan fikrimni so‘rasangiz, bu qarorga rozi emasligimni aytaman. Ammo murabbiy o‘z vazifasini bajrishi kerak. Bu – klubning qarori», – deb Anchelottining so‘zlarini keltiradi Corriere dello Sport.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz