Узбек O'zbek
MLSda o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Seshanba, 05 Noyabr
3620

Karlos Vela MLSda o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda MLSning rasmiy sayti ma’lum qildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra «Los-Anjeles» hujumchisi muxlislar, klublar va o‘yinchilar tomonidan 69% ovoz oldi. 

Ikkinchi o‘rinni 14% ovoz bilan «Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich egalladi. Shuningdek, kuchli beshlikdan «Atlanta Yunayted» vakili Jozef Martines, «Nyu-York Siti» futbolchilari Maksi Morales va Eber ham o‘rin olishgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz