Узбек O'zbek
Diyor Imomxo‘jayev: «Futbolchilarning shartnomasini saytda yozib qo‘ymoqchimiz»
Seshanba, 05 Noyabr
4106

AOKAda 2018 yil 16 martda e’lon qilingan «2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi prezident farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qatnashgan PFL mutaxassisi Diyor Imomxo‘jayev turli masalalarda o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bugun O‘FA rahbariyati, milliy jamoa murabbiylari OAV xodimlarining savollariga javob berishmoqda. Men klublar rahbarlari ham xuddi shunday savollarga javob berishini istardim. Masalan, ular hech qanday infratuzilma shakllantirmay turib nega Braziliyadan futbolchi olib kelishayotganini muxlislarga tushuntirib berishsa, yaxshi bo‘lardi.

Biz futbolni rivojlantirish uchun pulni o‘rnida sarflashimiz kerak. Masalan, «Zenit» Italiyaning «Yuventus»dan boshqa hamma jamoalaridan ko‘p pul ishlatadi. Lekin bu jamoa aytarli yutuqlari bilan yodda qolmagan. Bu ham aynan pulning o‘rinli sarflanmaganidan. Bizdagi «Buxoro», «Neftchi» kabi jamoalar ham o‘z vaqtida hisoblarida bo‘lgan katta pullarni to‘g‘ri ishlatishganida, akademiya ochishganida, hozir bu jamoalar bugungidek qiyin holatga tushib qolmasdi.

Biz futbolchilarning maoshlarini nazorat qila olmaymiz, ammo ularning shartnomasini saytimizda ko‘rsatib qo‘yishimiz mumkin. Buni rejalashtirganmiz»,— deb Diyor Imomxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz