Узбек O'zbek
«Chelsi» qishki transferlar uchun 150 mln yevro tayyorlamoqda
Seshanba, 05 Noyabr
5221

«Chelsi» transfer taqiqining bekor qilinishidan umidvor bo‘lmoqda va qishki transferlar uchun 150 mln yevro tayyorlamoqda, deb yozadi The Sun.

20 noyabr kuni Sport arbitraj sudida London klubining transfer taqiqiga nisbatan bergan apellyatsiyasi ko‘rib chiqiladi.

Agar ish ijobiy hal qilinsa, «Chelsi» «Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Uilfrid Zaha, «Lester» himoyachisi Benjamin Chilvel va «RB Leypsig» hujumchisi Timo Verner bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Eden Azarni «Real»ga sotganidan so‘ng, «Chelsi» moliyaviy muammolarga ega emas va transferlar uchun katta miqdorda xarajat qilishga tayyor.

Jamoa APL 11 turidan so‘ng, 24 ochko bilan 4-o‘rinda boryapti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz