Узбек O'zbek
«Bavariya» bosh murabbiy lavozimiga uch nomzodni ko‘rib chiqmoqda
Seshanba, 05 Noyabr
9468

«Bavariya» Niko Kovach o‘rnini egallaydigan yangi bosh murabbiy uchun nomzodlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda. 

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, myunxenliklar klubi short-listidan Ralf Rangnik, Arsen Venger va Massimiliano Allegri nomlari o‘rin olgan.

«Bavariya» Germaniya chempionatining 10-turida Kovachning sobiq klubi bo‘lmish Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgach klub rahbariyati murabbiyni iste’foga chiqarishga qaror qilgan.

Bundesligada 10-turdan so‘ng «Bavariya» 18 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz