Узбек O'zbek
Andre Gomesh muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
Seshanba, 05 Noyabr
10139

«Everton» o‘z yarimhimoyachisi Andre Gomeshning holati bo‘yicha bayonot berdi. Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, futbolchining jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechgan.

Unga o‘ng oyog‘ining boldir qismi suyagi sinib joyidan qo‘zg‘alishi tashxisi qo‘yilgandi.

Gomesh Angliya chempionatining 11-turida «Tottenhem»ga qarshi o‘yin vaqtida jiddiy jarohat olgandi (1:1).

O‘yinning 79-daqiqasida «shporlar» hujumchisi Son Hyong Min chap qanotda Gomeshni quvib yetishga urinib, unga podkat bergandi. Shundan so‘ng 26 yoshli portugaliyalik futbolchi yiqilib londonliklarning boshqa bir futbolchisi Serj Ore bilan to‘qnashdi, natijada uning boldir qismi zarbadan qayrilib ketdi. O‘yin bosh hakami Martin Atkinson esa koreyalik futbolchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz