Узбек O'zbek
Son Hyon Min Gomeshning jarohatidan og‘ir tushkunlikka tushdi
Dushanba, 04 Noyabr
17479

«Tottenhem» hujumchisi Son Hyon Min APL 11-turidan o‘rin olgan «Everton»ga (1:1) qarshi bahsda raqib yarimhimoyachisi Andre Gomeshga og‘ir jarohat yetkazdi. 

79-daqiqada koreyalik futbolchi tomonidan qilingan qo‘pol podkatdan so‘ng, portugaliyalik futbolchining to‘piq suyaklari sinib ketdi. Son esa qizil karta olib, maydonni tark etdi.

The Sun xabariga ko‘ra, Gomeshning jarohati Songa juda ham og‘ir botgan. Koreyalik futbolchi maydonning o‘zidayoq yig‘lab yubordi. Kiyim almashtirish xonasida esa hech kim bilan gaplashmadi. Stadionni yuzini yopgan holda tark etdi. Hatto koreyalik jurnalistlarga ham e’tibor bermagan. 

Ayni paytda Son juda qattiq tushkunlikka tushib qolgan. Endi «Tottenhem» klubi ruhshunos yollab, unga yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz