Узбек O'zbek
Rahim Sterling «Real»ga o‘tishi mumkin
Dushanba, 04 Noyabr
5821

«Real» klubi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rahim Sterling xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Sky Sports xabariga ko‘ra, madridliklar ingliz futbolchisi uchun 70 mln funt va yarimhimoyachisi Garet Beylni berishga tayyor.

«Real» klubi skautlari Sterlingni Angliya milliy jamoasining Chernogoriya va Kosovoga qarshi o‘yinlarda kuzatib borishadi. Shundan so‘ng uning transferi haqida yakuniy qarorga kelishadi.

«Real» prezidenti Florentino Peres kelajakda Sterlingning narxi oshib ketishidan cho‘chimoqda va transferni tezroq amalga oshirishni istamoqda.

Agar «Manchester Siti» Beyl transferiga qiziqish bildirmasa, Peres Sterling uchun Neymar rekordiga (222 mln yevro) yaqin qiymatni to‘lashga ham tayyor.

Bu mavsumda 24 yoshli futbolchi «Manchester Siti» tarkibida barcha musobaqalarda 15ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz