Узбек O'zbek
Pochettino: «Everton» futbolchilari Sonni yupatish uchun kiyinish xonasiga kelishdi»
Dushanba, 04 Noyabr
18303

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa hujumchisi Son Xyon Minning qo‘pol harakati tufayli «Everton» yarimhimoyachisi Andre Gomeshning jiddiy jarohat olgani haqida fikr bildirdi.

«Bu haqiqatan yoqimsiz holat edi. Biz Andrega eng yaxshi tilaklarni yo‘llaymiz. Futbol emas, o‘yinchilarning sog‘ligi muhim. 

O‘sha paytda his-tuyg‘ular o‘zgardi. 
Sonning ahvoli yomon edi, ammo hozir ancha yaxshilandi. «Everton» futbolchilari uni yupatish uchun kiyinish xonasiga kelishdi.  Hammamiz sodir bo‘lgan voqeadan afsusdamiz. Men Andre va uning oilasiga eng yaxshi tilaklarimni yo‘llayman», – deb Pochettinoning so‘zlarini keltiradi The Sun.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz