Узбек O'zbek
Liga 1. «Monako» mag‘lubiyatga uchradi
Dushanba, 04 Noyabr
1377

Fransiya chempionatining 12-turida «Monako» mehmonda «Sent-Eten»ga qarshi bahs yuritib, minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi.O‘yinning 59-daqiqasida Buanga tomonidan kiritilgan to‘p mezbonlarga 3 ochko keltirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Sent-Eten» ochkolarini 18taga yetkazib, turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Monako» esa 15 ochko bilan 15-o‘rinda turibdi.

Liga 1, 12-tur
Sent-Eten – Monako 1:0
3 noyabr, «Joffrua-Gishar»
Gol: Buanga (59).
Sent-Eten: Ryuffe, Fofana, Saliba, Kolodzeychak, Debyushi (Trauko, 76), Yussuf, Kabay (Axolu, 30), Silva, Budebuz, Buanga, Amuma (Norden, 81). 
Monako: Lekomt, Jemerson, Glik, Badiashile (Ballo-Ture, 78), Jelson Martinsh (Agilyar, 69), Xenrixs, Adriyen Silva, Golovin, Jil Diash, Ben-Yedder, Keyta Balde (Ogyusten, 65).
Axolu (32), Adriyen Silva (79), Xenrixs

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz