Узбек O'zbek
Levandovski jarrohlik stoliga yotadi
Dushanba, 04 Noyabr
4311

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski chovidan jarohat olgan. 

Bild  xabariga ko‘ra, polshalik futbolchi jarrohlik stoliga yotishi kerak. Ammo muhim o‘yinlar (6 noyabrda Chempionlar Ligasi doirasida «Olimpiakos»ga va 9 noyabrda Bundesliga doirasida «Borussiya D»ga qarshi o‘yinlar) tufayli bu amaliyot kechroq o‘tkaziladi.

Bu mavsumda 31 yoshli Levandovski «Bavariya» tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz