Узбек O'zbek
«Latsio» 30 yil ichida ilk bor «Milan»ni «San-Siro»da mag‘lub etdi
Dushanba, 04 Noyabr
914

«Latsio» Italiya A Seriyasining 11-turida safarda «Milan»ni mag‘lub etdi (2:1).

83-daqiqada Xoakin Korrea tomonidan kiritilgan to‘p rimliklarga g‘alaba keltirdi.

Shunday qilib, «Latsio» Italiya chempionati doirasida 30 yil ichida ilk bor «Milan» maydonida g‘alaba qozondi. So‘nggi g‘alaba 1989 yil sentyabrida qayd etilgan edi. Shundan so‘ng Rim klubi «San-Siro»da ketma-ket 29ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayotgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz