Узбек O'zbek
«Barselona» Andre Gomeshning dahshatli  jarohatiga munosabat bildirdi 
Dushanba, 04 Noyabr
26213

«Barselona» klubi APLning 11-turidan o‘rin olgan «Everton» – «Tottenhem» o‘yinida (1:1) jiddiy jarohat olgan jamoaning sobiq yarimhimoyachisi Andre Gomeshni qo‘llab-quvvatlovchi tilaklarni yozib qoldirdi.

«Andre Gomeshning dahshatli jarohati haqida eshitish yoqimsiz. Biz unga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz»,  – deyiladi klubning «tvitter»dagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» hujumchisi Son Xyon Min o‘yin oxirlarida Gomeshga nisbatan qo‘pollik qildi. Shundan so‘ng 26 yoshli portugaliyalik yarimhimoyachi maydonga noqulay yiqildi va qo‘shimchasiga mehmonlar himoyachisi Serj Orega ham jiddiy urildi.  Natijada Gomeshning o‘ng oyog‘i sindi.

Gomesh «Barselona» tarkibida 2016 yildan 2018 yilgacha o‘ynagan. U Kataloniya klubi tarkibida 78 o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz