«Chelsi» APLning 11-turida mehmonda «Uotford»ni mag‘lub etdi (2:1).
Shu tariqa Frenk Lempard jamoasi barcha turnirlar doirasida ketma-ket 7ta safar o‘yinida g‘alaba qozondi va klub rekordini takrorladi.
Ingliz klubi 1989 yili Bobbi Kempbell murabbiyligida xuddi shunday natijani qayd etgandi.