Узбек O'zbek
Eldor Shomurodovga La Liga klubi qiziqmoqda
Yakshanba, 03 Noyabr
21903

«Sport» telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalovning telegram kanalida yozishicha, O‘zbekiston terma jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Ispaniya klubi qiziqish doirasiga tushgan.

«Sevilya» klubi sport direktori Ramon Monchiga yaqin manbalarga ko‘ra, Eldor Shomurodov familiyasi Andalusiya jamoasi long-list'ida bor. Qishki transferlar vaqtida emas, keyingi yozda ochilajak oyna vaqtida o‘zbek forvardi «Sevilya» klubiga o‘tishi ehtimoli bor» - deya yozadi sharhlovchi Bobur Akmalov.

Eslatib o‘tamiz, bungacha hamyurtimizga Moskvaning SSKA hamda Germaniyaning bir qator klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar yangragandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz