Узбек O'zbek
Pochettino: «Vaziyatni g‘alaba bilan to‘g‘rilashimiz mumkin»
Shanba, 02 Noyabr
1349

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning holati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu hafta «Liverpul»ga qarshi o‘tgan og‘ir o‘yindan so‘ng (1:2) tiklanishimiz uchun muhim bo‘ldi. Istalgan atmosferani qayta yaratish juda muhimdir. Biz vaziyatni g‘alaba bilan to‘g‘rilashimiz mumkin.

Biz barchasiga ijobiy munosabatda bo‘lishimiz kerak. Eng muhimi, mavsumni qanday yakunlash. O‘zimizni jadval o‘rtasida ko‘rish yoqimli emas, lekin bu – haqiqat va uni qabul qilish kerak.

Kuchli bo‘lish va g‘alaba qozonish uchun vaqt kerakligini yaxshi bilamiz», – deb Pochettinoning so‘zlarini keltiradi Goal.

APLda o‘tgan 10ta turdan so‘ng «Tottenhem» 11-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz