Узбек O'zbek
«MYU» sobiq futbolchisi Ibrahimovichni «Yunayted»ga qaytishga chaqirdi
Shanba, 02 Noyabr
3540

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Ins Zlatan Ibrahimovichni «Old Trafford»ga qaytishga chaqirdi. Insning fikriga ko‘ra, «Sulsher yoshlari»ni tarbiyalashda Ibrahimovich eng yaxshi variant.

«Zlatan Ibrahimovichning MLSdan Ispaniya, hattoki Avstraliyaga yo‘l olishi haqida gapirishmoqda. Fikrimcha, agar Zlatan istasa, uning «Manchester Yunayted»ga qaytishi juda yaxshi variant bo‘lardi.

U «MYU»dagi barcha yosh futbolchilarga ko‘p narsani o‘rgatardi – Zlatan maydonda bo‘lganidek, uning tashqarisida ham futbolchilarga juda katta ta’sir qila olish xislatiga ega. 

Ibrahimovich har o‘yinda 90 daqiqa yugura olmasa-da, u tug‘ma to‘purar. U futbolchilar ichida ham katta obro‘ga ega, kiyinish xonasida «cho‘qintirgan ota»dek bo‘la olardi. Unga 15-20 daqiqa imkoniyat berilsa ham, u gol ura oladi.

«Yunayted»ning Manjukich transferiga jiddiy nazar bilan qarayotganligini ko‘rmayapman. Shunday ekan, nega Ibrahimovichni chaqirmaslik kerak?» - deydi «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Ins.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz