Узбек O'zbek
A Seriya. Rimda kechgan «jang»da «Roma» «Napoli»ni mag‘lub etdi
Shanba, 02 Noyabr
947

Italiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Roma» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qildi va qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Rimliklardan Dzanolo va Veretu to‘p kiritishgan bo‘lsa, yagona javob goli Milik hisobiga yozildi.

«Roma» g‘alabadan so‘ng ochkolarini 22taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. «Napoli» esa 18 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

A Seriya, 11-tur
Roma – Napoli 2:1
2 noyabr, «Olimpiko»
Gollar
: Dzanolo (19), Veretu (55, penalti) – Milik (72).
Amalga oshirilmagan penalti: Kolarov (26).
Roma: Lopes, Smolling, Chetin, Spinatssola, Manchini, Pastore (Santon, 89), Veretu, Klyuyvert (Perotti, 77), Dzanolo (Under, 81), Kolarov, Jeko. 
Napoli: Meret, Mariu Ruy, Kulibali, Di Lorenso, Manolas, Fabian Ruis, Zelinski, Kalexon (Losano, 58), Insine (Yunes, 83), Milik, Mertens (Lorente, 65).
Ogohlantirishlar: Klyuyvert (76), Di Lorenso (76), Ruy (78), Spinatssola (86), Milik (87), Under (90+3), Chetin (90+3).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz