Узбек O'zbek
«Paxtakor»ning 10 nafar futbolchisi milliy jamoalarga chaqirildi
Juma, 01 Noyabr
5249

«Paxtakor» klubining 10 nafar futbolchisi turli milliy jamoalardan chaqiruv oldi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimets, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Dostonbek Hamdamov, Jaloliddin Masharipov va Igor Sergeyev O‘zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olgan. Ular Qirg‘izistonga (9 noyabr) qarshi o‘rtoqlik o‘yini, Saudiya Arabistoni (14 noyabr) va Falastinga (19 noyabr) qarshi jahon chempionati saralash o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi. Barcha o‘yinlar «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi.

Shuningdek, chernogoriyalik himoyachi Marko Simich ham Yevro-2020 saralash bosqichi doirasidagi Angliya va Belarusga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yig‘iniga taklif qilindi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz