Узбек O'zbek
«MYU»ning asosiy himoyachilari «Bornmut»ga qarshi o‘ynamasligi mumkin
Juma, 01 Noyabr
2065

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 11-turidan o‘rin olgan «Bornmut»ga qarshi o‘yin oldidan jarohatlangan futbolchilar haqida gapirib o‘tdi.

Xususan, «Chelsi»ga qarshi o‘tgan Liga Kubogi bahsida (2:1) hujumchi Markus Reshford va himoyachilar Harri Maguayr va Viktor Lindelyof kichik jarohat olishgan.

«Bu haqda gapirishga hali erta. Umid qilamanki, ular ertaga maydonga tusha olishadi.

Kecha va bugun ular tiklanishdi, bugun esa yengil mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Ular tayyor bo‘lishiga umid qilamiz. Hozir aniq bir narsa deya olmayman», – deb Sulsherning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz