Узбек O'zbek
«Manchester Yunayted»ning iste’dodli futbolchisi «Yuventus»ga o‘tishi mumkin
Juma, 01 Noyabr
4058

«Yuventus» klubi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Taxit Chong bilan shartnoma imzolashni mo‘ljallamoqda.

19 yoshli futbolchining mehnat bitimi 2020 yil yozigacha amal qiladi. Shundan so‘ng u erkin agent sifatida istalgan klubiga bepul o‘tishi mumkin.

«Yuventus» bir necha yil oldin iste’dodli Pol Pogbani xuddi shu tarzda qo‘lga kiritgan, keyinchalik juda katta qiymatga sotgan edi.

«Manchester Yunayted» rahbariyati «Yuventus»ning qiziqishidan xabardor va Chong bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtiryapti.

Bu mavsumda Taxit Chong APL doirasida 2ta, Yevropa Ligasi va Liga Kubogi doirasida 1ta o‘yinda maydonga tushgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz