Узбек O'zbek
«Liverpul» ikki o‘t orasida qoldi
Juma, 01 Noyabr
15131

«Liverpul» rahbariyati juda murakkab taqvim bilan bog‘liq vaziyatni qanday hal qilishni bilmayapti.

Gap shundaki, «qizillar» 16-18 dekabr kunlari oralig‘ida Angliya Liga Kubogi chorakfinalida «Aston Villa» bilan bellashishi lozim. Bundan tashqari, 18 dekabr kuni Qatardagi klublararo jahon chempionati yarimfinalida maydonga tushishi kerak. 

Angliya Futbol Ligasi «Aston Villa»ga qarshi o‘yinni 8 yanvarga ko‘chirishni taklif qilmoqda. Klub esa juda tig‘iz taqvim tufayli, Liga Kubogi va klublararo jahon chempionatiga ikki xil tarkibni yuborishni muhokama qilyapti.

Qayd qilish joizki, «Liverpul» noyabr oyidan 11 yanvargacha bo‘lgan vaqt orasida 19ta o‘yinni o‘tkazishi lozim.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz