Узбек O'zbek
Karpin: «Eldor tushdi va o‘yin o‘zgarib ketdi»
Juma, 01 Noyabr
8148

Rossiya Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan «Spartak»ka qarshi o‘yindan so‘ng «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin o‘z fikrlarini bildirar ekan Eldor Shomurodovning maydonga tushgani vaziyatni «Rostov» foydasiga o‘zgartirib yuborganini aytdi.

«Ikki kundan so‘ng bizni «Krasnodar»ga qarshi muhim o‘yin kutib turibdi, shu bois bugun o‘yin amaliyoti kamroq bo‘lgan yigitlarga maydonga tushish imkonini berdik. To‘g‘riroq harakat qilsak, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

Nege mag‘lub bo‘ldik? Chunki raqib ikkita, biz esa bitta gol urdik. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi qismida jamoam o‘yinni nazorat qildi, chunki Bayramyan va Eldor maydonga tushgandi. Bu o‘zgarishlardan so‘ng maydonda faqat bitta jamoa o‘ynadi, chunki bizning hayratlanarli futbolchilarimiz bor»,— deb Karpinning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz