Узбек O'zbek
Jaka «Arsenal» tarkibidan chetlatildi
Juma, 01 Noyabr
14690

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri yarimhimoyachi Granit Jakani APL 11-turidan o‘rin olgan «Vulverhempton»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.

«U muxlislar va boshqalardan uzr so‘radi. Endi e’tiborimizni ertangi o‘yinga qaratishimiz lozim. Ertaga Jaka o‘ynamaydi, chunki diqqat-e’tiborimiz faqat o‘yinga qaratilishi kerak», — deb Emeri so‘zlarini keltirmoqda The Independent.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi turdan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga (2:2) qarshi bahsda Jaka va muxlislar orasida ziddiyat kelib chiqqan edi. Futbolchi zaxiraga olinganida fanatlar unga qarshi hushtakbozlik qilishdi. Granit esa qo‘lini qulog‘iga tekkizib, ularning jig‘iga tegdi. So‘ngra futbolkasini yechib, kiyinish xonasiga kirib ketdi. Keyinroq u o‘z qilmishi uchun uzr so‘radi.

«Arsenal» – «Vulverhempton» o‘yini 2 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz