Узбек O'zbek
Andrey Kanchelskis: «O‘FA barcha klublarga bir xil munosabatda bo‘lishi lozim»
Juma, 01 Noyabr
4544

«Navbahor» bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Superliga 23-turidan o‘rin olgan «Nasaf»ga (1:1) qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

50 yoshli mutaxassis ba’zi klublarning maydoni talab darajasida emasligini aytib, O‘FA mutasaddilarini bunga e’tibor qaratishlarini so‘radi. Shuningdek, taqvimni ham tanqid qildi.

«Namangan viloyati rahbariyati va klub rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan «Navbahor»ning stadioni sifatli maydonga ega bo‘ldi. Ammo barcha klublarga bir xil talab qo‘yilishi lozim. Ayrim stadionlar, jumladan, «So‘g‘diyona», «Buxoro», «Surxon» klublarining maydonlari talab darajasida emas. O‘FA bu borada barchaga bir xil munosabatda bo‘lishi lozim deb hisoblayman.

Bundan tashqari, taqvimga ko‘ra, bu o‘yindan so‘ng, 24 kun davomida dam olib, keyin bir hafta oralig‘ida 3ta bahs o‘tkazar ekanmiz. Bunaqada futbolchilar qanday tiklanishadi? Bu borada ham o‘ylab ko‘rish lozim edi.

To‘g‘ri, bunda avvalo O‘zbekiston milliy jamoasi manfaati o‘ylanmoqda. Lekin klublarning manfaati ham hisobga olinishi kerak. Masalan, 4 yoki 5 noyabrda ham o‘yinlar o‘tkazilsa bo‘laverar edi», - deb Kanchelskis so‘zlarini keltirmoqda «Navbahor» klubi matbuot xizmati.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz