Узбек O'zbek
Superliga. «Lokomotiv» Olmaliqda ochko yo‘qotdi
Payshanba, 31 Oktabr
1772

Superligada 23-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

OKMK o‘z maydonida «Lokomotiv» bilan bellashdi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. 36-daqiqada mehmonlar yarimhimoyachisi Jamshid Iskanderov uzoqdan zarba yo‘llab, chiroyli gol urdi. 81-daqiqada Elguja Grigalashvili ham chiroyli goli bilan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» 42 ochko bilan 2-o‘rinda, OKMK esa 26 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Superliga, 23-tur
31 oktyabr, Olmaliq
OKMK – «Lokomotiv» 1:1
Gollar
: Elguja Grigalashvili (81) - Jamshid Iskanderov (36)
OKMK: 32. Suhrob Sultonov, 3. Erkin Baydullayev, 4. Mirjamol Qosimov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 7. Elguja Grigalashvili, 23. Akmal Shorahmedov (S), 31. Saydullo Rahmatov, 33. Sardor Rahmonov, 88. Igor Zonich, 97. Jasur Yaxshiboyev, 99. Shahzod Nurmatov
Lokomotiv: 1. Ignatiy Nesterov (S), 5. Anzur Ismoilov, 6. Oston O‘runov, 8. Jamshid Iskanderov, 10. Sardor Mirzayev, 18. Ibrohim G‘anixonov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 23. Yovan Jokich, 24. Davron Hoshimov, 33. Oleg Zoteyev, 71.Arslanmirat Amanov

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz