Узбек O'zbek
Klopp: «Ushbu o‘yinni bolalar uzoq vaqt eslab qolishlariga umid qilaman»
Payshanba, 31 Oktabr
3959

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Arsenal»ga qarshi bo‘lib o‘tgan Liga Kubogi o‘yinidan so‘ng (5:5, penaltilar bo‘yicha – 5:4) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ba’zida jamoa juda ochiq o‘ynadi. Ushbu o‘yinni bolalar uzoq vaqt eslab qolishlariga umid qilaman. Men ular nimalar qilishganini umuman tushunmadim. Ayrim yoshlarimiz uchun «Enfild»da o‘ynash orzu edi. Barcha gollarimiz ajoyib bo‘ldi. 

Kellexer – ajoyib iste’dod. Jons? Unga oxirgi penaltini ishonib topshirish mening qarorim emas edi. Ro‘yxatda oxirgi penaltini amalga oshiruvchi o‘yinchi sifatida Origini ko‘rgan edim. Shubhasiz, ular ro‘yxatni o‘zgartirdilar», – deb Kloppning so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz