Узбек O'zbek
Klopp Liga Kubogini boykot qilish bilan do‘q urdi
Payshanba, 31 Oktabr
5726

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Liga Kubogining taqvimidan norozi.

Gap shundaki, musobaqaning chorakfinal bahslari o‘tkaziladigan dekabr oyida «Liverpul» klublararo jahon chempionatiga yo‘l olishi kerak.

«Agar bizga ma’qul bo‘lgan boshqa sana belgilanmasa, maydonga tusholmaymiz, raqibimiz esa keyingi bosqichga chiqadi. 

APL mulozimlari «Arsenal»ga yutqazishimizdan umidvor bo‘lishgan edi, ammo kechirib qo‘yasizlar», - deb Klopp so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Angliya Ligasi Kubogi chorakfinal bahslari 17-18 dekabr kunlari o‘tkaziladi. «Liverpul» safarda «Aston Villa» bilan o‘ynashi kerak. Ammo 18 dekabr kuni klublararo jahon chempionati yarimfinalida ham maydonga tushishi lozim.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz