Узбек O'zbek
Emeri: «Xafamiz, bundan ko‘prog‘iga loyiq edik»
Payshanba, 31 Oktabr
2389

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Liga kubogidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi o‘yindan so‘ng (5:5, penaltilar bo‘yicha – 4:5) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Aql bovar qilmas o‘yin. Bajargan ishimdan g‘ururlanaman, dastlabki 45 daqiqada jamoa yuqori tempda harakat qildi. Penaltilar seriyasi har doim 50ga 50 hisoblanadi.

Biz xafamiz, lekin biz bundan ko‘prog‘iga loyiq edik. Himoyadagi harakatlar ikkala jamoani ham qoniqtira olmaydi. Ammo muxlislar uchun bu ajoyib 90 daqiqa edi. Natija doim o‘zgarib turdi. Hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ldi. «Arsenal» natijadan emas, balki bajarilgan ishdan faxrlanishi mumkin. 

Mesut O‘zil qaytdi va jamoaga sifatli o‘yini bilan yordam berdi. Biz uni almashtirdik, buni oldindan muhokama qilgandik», – deb Emerining so‘zlarini keltiradi BBC.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz