Узбек O'zbek
«MYU» Martines uchun kurashga qo‘shildi
Chorshanba, 30 Oktabr
2453

«Manchester Yunayted» «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqmoqda, deb xabar beradi Daily Express.

Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, hujumchiga «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 200 mln yevroni tashkil qiladi.

Martines «Inter»ga 2018 yil yozida Argentinaning «Rasing» klubidan 14 mln yevro evaziga o‘tgan. Bu mavsumda 22 yoshli hujumchi A Seriyada 10ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi. Argentinalik futbolchining italyan klubi bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz