Узбек O'zbek
Mourino «Arsenal»da ish boshlashi mumkin
Chorshanba, 30 Oktabr
3168

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Arsenal» bosh murabbiyi qilib tayinlanishi mumkin.

The Sun xabariga ko‘ra, 56 yoshli mutaxassis Angliyaga qaytishga qarshi emas. Avvalroq u «Chelsi» bilan APL g‘olibi, «Manchester Yunayted» bilan Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan edi.

Mourino 2018 yil dekabr oyida «Manchester Yunayted»ni tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Uni goh «Real»da, goh «Tottenhem»da yoki Xitoy klublaridan birida ish boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. So‘nggi vaqtlarda u teleko‘rsatuvlarda ekspert sifatida ham ishlagan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz