Узбек O'zbek
«Sochi» bilan o‘ynaganlar alohida shug‘ullangan «Rostov» mashg‘ulotidan fotogalereya
Seshanba, 29 Oktabr
1948

Rossiya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan «Spartak»ga qarshi o‘yinga tayyorlanayotgan «Rostov» 28 oktyabr kuni navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazdi. RPL 14-turi doirasidagi «Sochi»ga qarshi o‘yindan so‘ng futbolchilarga bir kun dam berilgandi. Kubok o‘yinidan oldin tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishini istisno qilmagan Karpin «Spartak» bilan o‘yin oldidan mashg‘ulotlarda ham bunga ishora qilgandek bo‘ldi.

«Sochi»ga qarshi to‘liq o‘ynagan futbolchilar, jumladan Eldor Shomurodov alohida shug‘ullanishdi. Ularga yengilroq yuklamalar berildi va qolgan futbolchilar ikki jamoaga bo‘linib o‘ynashdi. Mashg‘ulotlarda jarohatidan tiklangan Born Sigurdarson ayniqsa faol bo‘ldi. Yangi yildan so‘ng o‘yinlarda qatnashishni boshlaydigan Pavel Mamayev ham mashg‘ulot davomida ajralib turdi.

Quyida «Rostov»ning mashg‘ulotidan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz