Узбек O'zbek
Shomurodov: «Jamoadoshlarim sharofati bilan 10ta gol urdim»
Seshanba, 29 Oktabr
3943

«Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov ko‘p gol urayotganida jamoadoshlarining xizmati katta ekanligi haqida gapirdi.

«Jamoada yuqori darajadagi futbolchilar bo‘lsa, ko‘proq vaziyatlar yuzaga keladi va hujumchiga gol urish osonroq bo‘ladi. Jamoadoshlarimning sharofati bilan 10ta gol urdim. 

Men ko‘p intervyularimda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynashni orzu qilishim haqida aytdim. Men bunga intilaman. Hozir Rostovda hammasi yaxshi. Ko‘pchilik qishda ketishim mumkinligini aytdi. Orzu bor, ammo biz buni klublar bilan muhokama qilamiz. Hozir «Rostov»da o‘zimni yaxshi his qilyapman», – deydi Shomurodov «Rossiya futboli» ko‘rsatuvida.

Ushbu mavsumda 24 yoshli Shomurodov Rossiya Premer-ligasida 14ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz