Узбек O'zbek
Buffon «PSJ»ga o‘tishi va «Yuventus»ga qaytishi sabablari haqida gapirdi
Seshanba, 29 Oktabr
5387

«Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon «PSJ»ga o‘tishga qanday qaror qilgani haqida gapirdi.

«Men «PSJ»ning moliyaviy va sport bo‘yicha takliflaridan voz kecha olmadim. Chunki deyarli faoliyatini yakunlashga qaror qilgan 40 yoshli futbolchi bunday klubdan taklif olganida, g‘ururga sabab bo‘ladi.

«Yo‘q» deb aytolmadim, chunki men o‘zimni sinab ko‘rishni va qiziqarli tajriba olishni xohladim. Qaytishimning asosiy sababi, bir kuni men «Bu yerda 41 yoshimda nima qilyapman?» deb o‘yladim.

Keyin mening oilam Italiyada yashardi. «Yuventus»dan taklif kelganida o‘ylab ham o‘tirmadim», – deb Buffonnning so‘zlarini keltiradi RMC Sport Italia 1.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz