Узбек O'zbek
«Beshiktosh» Kariusni yanvarda «Liverpul»ga qaytarmoqchi 
Seshanba, 29 Oktabr
2985

«Beshiktosh» darvozaboni Loris Karius qishki transfer oynasida «Liverpul»ga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Turkiyaning Takvim nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Beshiktosh» rahbariyati Kariusning doimiy xatolaridan sabri tugagan va ijara shartnomasini yanvar oyida bekor qilmoqchi.

Shuningdek, «Beshiktosh» allaqachon yangi darvozabon izlashni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Klub «Malorka» posboni Fabriga qiziqmoqda.

Karius «Beshiktosh» safida barcha musobaqalar doirasida 38ta o‘yinda maydonga tushib, 49ta gol o‘tkazib yuborgan. Klub Turkiya chempionatida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz