Узбек O'zbek
Ikardi: «Bu «PSJ» – men o‘ynagan jamoalar ichida eng yaxshisi»
Dushanba, 28 Oktabr
1879

«PSJ» hujumchisi Mauro Ikardi Fransiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan «Marsel»ga qarshi o‘yin (4:0) haqida gapirdi. Futbolchi ushbu o‘yinda dublga erishdi.

«Men gol urib, jamoaning g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan xursandman. Men avval ham buyuk chempionlar bilan o‘ynaganman, ammo hozirgi «PSJ» – men o‘ynagan eng yaxshi jamoa. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va bundan keyin ham gollar urishga tayyorman», – deb Ikardining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Ikardi «PSJ» safiga yozda «Inter»dan ijara asosida o‘tgan. 26 yoshli argentinalik hujumchi joriy mavsumda Liga 1da 4ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urdi va 1ta golga hammualliflik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz