Узбек O'zbek
Emeri Jakaning xatti-harakatlariga munosabat bildirdi
Dushanba, 28 Oktabr
9002

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa sardori Granit Jaka va muxlislar o‘rtasidagi mojaroga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, APLning 10-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda (2:2) shveysariyalik futbolchi almashtirilishi chog‘ida muxlislar unga hushtak chala boshlashdi. Bunga javoban 27 yoshli futbolchi ham o‘z xatti-harakatlari bilan javob qaytardi va zaxira o‘rindig‘iga emas, kiyinish xonasiga yo‘l oldi.

«U noto‘g‘ri qildi, lekin biz bu vaziyatni jamoa ichida muhokama qilamiz. Men xotirjam bo‘lishni xohlayman, lekin bu noto‘g‘ri edi. Bosimni yengish uchun har bir o‘yinchi bilan ishlaymiz. Uning munosabati noto‘g‘ri edi va biz u bilan bu haqda gaplashamiz. 

Mening faoliyatimda shunga o‘xshash holatlar bo‘lgan. Muxlislar bizni tanqid qilishganda, javob qaytarmasligimiz va xotirjamlikni saqlashamiz kerak. Biz ular uchun ishlaymiz. Ular qarsak  chalganda va tanqid qilganda to‘g‘ri tushunishimiz kerak», – deb Emerining so‘zlarini keltiradi Mirror.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz