Узбек O'zbek
Yahyo Ture Xitoydagi ilk mavsumida muvaffaqiyat qozondi
Shanba, 26 Oktabr
3196

Kot D’Ivuarlik yarimhimoyachi Yahyo Ture Xitoyning «Sindao Xuanxay» klubi bilan Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

36 yoshli futbolchi yozda xitoyliklar bilan shartnoma imzolagandi. Uning jamoasi ikkinchi divizionda muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqa yakunlanishiga 1 tur qolganida o‘z maqsadiga erishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Yahyo Ture faoliyati davomida «ASEK Mimozas», «Beveren», «Metallurg Donetsk», «Monako», «Barselona» va «Manchester Siti» klublarida o‘ynagan. Angliya, Ispaniya va Gretsiya chempionatlari g‘olibi bo‘lgan. 

Kot-d'Ivuar milliy jamoasi tarkibida 102ta o‘yinda maydonga tushib, 19ta gol urgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz