Узбек O'zbek
Osiyo Chempionlar Ligasi ishtirokchilari soni oshiriladi
Shanba, 26 Oktabr
3813

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ijroqo‘mi klublar o‘rtasidagi nufuzli musobaqa – Chempionlar Ligasi ishtirokchilari sonini oshirish haqidagi qarorni qabul qildi.

2021 yilgi mavsumdan boshlab, OCHL guruh bosqichida hozirgidek 32ta klub emas, balki 40ta klub ishtirok etadi. Ular 4ta ishtirokchidan iborat 10ta guruhga ajratiladi, ya’ni Sharqiy va G‘arbiy mintaqalar qo‘shimcha 1ta guruhga ega bo‘ladilar. 

Qayd qilish joizki, guruh bosqichi ishtirokchilari sonining oshishi OFK reytingida dastlabki 6ta o‘rinni egallab turgan mamlakatlar – Qatar, Saudiya Arabistoni, Eron, O‘zbekiston, Iroq va BAA kvotasini o‘zgartirmaydi. Demak, mamlakatimiz 1+1 (guruh bosqichida 1ta klub + saralash bosqichida 1ta klub) kvotasini 2021 va 2022 yilgi mavsumlar uchun saqlab qoladi.  

Yangi kvotalar reytingning o‘rta qismidan joy olgan mamlakatlarga beriladi. Ularning nomi keyinchalik ma’lum qilinadi.

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz