Узбек O'zbek
Liga 1. «Monako» chempionat yetakchilaridan birini mag‘lub etdi
Shanba, 26 Oktabr
3459

Fransiya chempionati 11-turining dastlabki o‘yinida «Monako» mehmonda turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan «Nant» mexmoni bo‘ldi va  Vissam Ben-Yedderning yagona goli hisobiga 3 ochkolik bo‘ldi.

Bu g‘alabadan so‘ng monegaskliklar ochkolari sonini 15taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib olishgan bo‘lsa, «Nant» 19 ochko bilan hozircha 2-o‘ringa joylashgan.

26-27 oktyabr kunlari turning qolgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Markaziy bahsda «PSJ» o‘z maydonida «Marsel»ni qabul qiladi.

Liga 1, 11-tur
Nant – Monako 0:1

25 oktyabr, «Stad lya Bojuar»
Gol: Ben-Yedder (22).
Nant: Lafon, Appia (Bazila, 52), Jirotto, Pallua, Fabio (Mutussami, 25), Ture, Abed, Bamba, Blas (Yuan, 78), Saymon, Kulibali. 
Monako: Lekomt, Jemerson, Glik, Badiashile, Jelson Martinsh, Bakayoko, Adriyen Silva, Golovin, Jil Diash, Ben-Yedder (Fabregas, 90), Slimani (Keyta Balde, 80).
Ogohlantirishlar: Fabio (10), Pallua (74), Lekomt (90), Jemerson (90).

26 oktyabr
Lill – Bordo
Brest – Dijon
Strasburg – Nitssa
Reyms – Nim
Lion – Mets
Monpele – Anje

27 oktyabr
Renn – Tuluza
Sent-Eten – Amen
PSJ – Marsel

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz