Узбек O'zbek
Ronaldu bilan birga o‘ynab, Messi zo‘rroqligini aytgan 8 yulduz
Juma, 25 Oktabr
46057

«Manchester Yunayted» afsonasi, bir paytlar Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p surgan Rayan Giggzdan Ronaldu va Messidan birini tanlashni so‘rashganda u argentinalik hujumchini tanladi.

«Messi yoki Krishtianu? Shubhasiz. Messi. Ulardan birini tanlash qiyin, zero men Krish bilan bir jamoada o‘ynaganman, uning o‘sishiga guvoh bo‘lganman. Ammo Messi – haqiqiy daho, bunday futbolchilarni umringda bir marta uchratasan. Men Krishtianuni tanlashni istardim, lekin bu yerda solishtirish ham noo‘rin» – dedi Uels terma jamoasini boshqarayotgan Giggz. 

Giggz Ronaldu bilan o‘ynab, lekin Messini kuchliroq deb e’tirof etgan birnichi futbolchi emas, «Real» yoki «Manchester Yunayted» yulduzlari ichida bunday yulduzlar ko‘p uchraydi. Championat.com mana shunday futbolchilar ruyxatini keltirdi.

GUTI (Ronaldu bilan «Real»da 2009/10 yilgi mavsumida birga to‘p surgan)

Klub tizimida 25 yilini o‘tkazgan «Real» tarbiyalanuvchisi 2013 yillardayoq Messini kuchliroq ekanini aytgandi. «Menga bu og‘ir, lekin ikkisi orasida Messini tanlayman» – degandi ispaniyalik yarim himoyachi. Bir necha yil o‘tib, u hali ham fikri o‘zgarmaganini ta’kidladi. To‘g‘ri, u mulohazalariga biroz tuzatish kiritdi: «Men Messini Ronaldudan kuchliroq ekanini aytgandim. Aslini olganda, men ikkisini ham tanlagan bo‘lardi. Messi iste’dodliroq, lekin Ronaldu o‘z mehnati orqali shu cho‘qqiga chiqdi. U – haqiqiy bombardir. Messi davrida besh marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lish bu juda katta natijadir».

UEYN RUNI (Ronaldu bilan «MYU»da 2004-2009 yillarda to‘p surgan)

«Messi! Balki ular futbol tarixidagi eng buyuk juftlikdir, lekin mening nazarimda Messi mukammalroq» – degandi u 2018 yildagi tok-shoulardan birida. Oradan ikki oy o‘tgan u bu mavzuda yana o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Krishtianu vingerlikdan hujumchilikkacha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. U bir ikki teginish bilan vaziyatlarni hal qila oladi. Lekin Messi umuman imkonsiz ishlarni amalga oshiradi. Mana, u to‘p bilan maydon markazida xotirjam yuribdi, lekin oradan hech qancha o‘tmay, gol urayotgan bo‘ladi. Messi maydonda hamma narsani qila oladi, shuning uchun u yaxshiroq».

RUUD VAN NISTELROY (2003-2006 yillarda «MYU»da, 2019/10 yilgi mavsumda «Real»da Ronaldu bilan birga to‘p surgan)

Yaqinda ko‘pgina ommaviy axborot vositalarida Ruud tomonidan Kataloniyaning Sport nashriga aytgan mana bu fikrlari chiqdi - «Messi zo‘rroq, chunki u bir paytning o‘zida Mbappe, Figu, Zidanning barcha xislatlari jamlanmasidir».

Ammo niderlandiyalik hujumchi bu so‘zlarni aytmaganini bildirdi. Ammo bir yil oldin shunga yaqin fikr aynan Ruud tomonidan tilga olingandi.

«Messi – futbolda beqiyosdir. O‘ylashimcha... bu bahslidir, lekin menimcha, u futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchidir», - degandi Ruud van Nistelroy 2018 yilda telekanaldagi efirlardan birida.

RAUL (Krishtianu bilan 2009/10 yilgi mavsumda «Real»da o‘ynagan.

«Real» afsonasi 2015 yilda AQSHda to‘p surib yurgan paytdagi intervyulardan birida shunday degandi: «Men Zidan, Ronaldo, Figu, Krishtianu kabi yulduzlar bilan birga to‘p surish baxtiga muvaffaq bo‘lganman. Ammo Messi ulardan tamomila farq qiladi. U o‘ziga xos. U hatto imkonsiz ishlarni ham, ko‘p kuch sarflamay, osonlik bilan amalga oshira oladi».

ROY KIN (Ronaldu bilan «MYU»da 2003-2006 yillarda o‘ynagan)

2015 yilda Roy Kin shunday degandi: «Yoshligimda mening kumirim Maradona bo‘lgandi. Shuningdek, Krishtianuga ham tan beraman, bugungi kunda u juda zo‘r o‘yin ko‘rsatyapti. Ammo Messi men ko‘rganlarim ichida eng yaxshisi. Birovni maqtashim qiyin, lekin Messi bunga haqli. Ba’zida uning o‘yinida biror kamchiliklar topishga urinaman, lekin topolmayman. U – mukammal».

To‘g‘ri, ikki yil o‘tib u Messini qattiq tanqid qilganda, shuni qo‘shimcha qilgandi – «so‘nggi olti oyda Krishtianuni Messidan yaxshiroq degan bo‘lardim».

POL SKOULZ (2003-2009 yillarda Ronaldu bilan «MYU»da birga to‘p surgan)

«Mening faoliyatim Kantona, Zidan, Xavi, Pirlo, Krishtianu kabi buyuk futbolchilar davriga to‘g‘ri keldi. Ular ichida, shubhasiz eng buyugi – Leo Messi. Gap uning gollarida emas. Ikki, uch yoki to‘rt o‘yinda ajoyib o‘yin ko‘rsata oladigan futbolchilar ko‘p. Ammo Messi shu ishni har hafta va bir necha yildan beri qilib kelyapti», – degandi Pol Skoulz «Barselona» 2015 yilda Chempionlar Ligasini yutganda, ushbu mavzuga bag‘ishlangan maqolasida.

DIMITAR BERBATOV (Krishtianu bilan 2008/09 yillarda «MYU»da jamoadosh bo‘lgan)

«Messi shubhasiz, eng zo‘r, jin ursin. Krishtianu – super, lekin Leo menga ko‘proq yoqadi. U hammasini ko‘rib turadi. Ham gol uradi, ham vaziyat yaratadi. Mukammal futbolchi, balki, futbol tarixida eng zo‘ri».

Bonus: JOZE MOURINO (2010-13 yillarda «Real»da Krishtianuga ustozlik qilgan)

Mourino ko‘p marta bu savolga aniq javob berishdan qochgan. Ronaldu bilan bir jamoada ekanida esa, ko‘p marta uning xislatlarini alqagan. Lekin 2016 yilda ko‘pchilik kutmagan fikrni aytdi:

«Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi? Uch kishini aytishim mumkin – Pele, Maradona va Messi».

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz