Узбек O'zbek
Peres «Real» direktorlarini Mbappeni sotib olishga undadi
Juma, 25 Oktabr
16376

«Real» prezidenti Florentino Peres «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappening Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida «Bryugge»ga qarshi kechgan o‘yindagi (5:0) harakatlaridan katta taassurot olgan. Bu o‘yinda fransuz hujumchisi het-trik qayd etgandi.

Daily Mail nashri ma’lumotiga ko‘ra, Peres o‘yin vaqtida madridliklar klubi direktorlari kengashiga shunday xabar jo‘natgan: «Mbappening o‘yinini ko‘ryapsizlarmi? Ikkinchi bo‘limda u «Bryugge» darvozasiga, bizni «Santyago Bernabeu»da kishanlab qo‘ygan jamoaga ucha gol urdi. Bu futbolchini tarkibga qo‘shib olish klubga oyoqqa turishda yordam beradi va kamida 10 yil davomida jamoani yuqorida ushlab turadi».

Mbappe «PSJ»ga 2017 yil «Monako»dan keyingi yil 180 million yevro evaziga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berilgandi. Bu futbol tarixidagi ikkinchi eng yirik transfer bo‘ldi. Undan qimmatroq futbolchi uning jamoadoshi Neymardir, «PSJ» braziliyalik futbolchini 2017 yil yozida «Barselona»dan 222 million yevroga sotib olgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz