Узбек O'zbek
Mourino «Real»ning qarorini kutmoqda
Juma, 25 Oktabr
6983

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino madridliklar klubiga qaytishi mumkin. As nashri xabariga ko‘ra, 56 yoshli portugaliyalik o‘zining klubdagi yordamchisi kim bo‘lishini ham belgilab olgan va u bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Xabarlarga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy shtabidan «Real»ning sobiq futbolchisi Xabi Alonso ham o‘rin oladi. Ayni vaqtda Alonso «Real Sosedad»ning ikkinchi jamoasini shug‘ullantirmoqda, ungacha esa «Real»ning o‘smirlar jamoasida ishlagandi.

Mourino hozircha  «Real»ning qarorini kutmoqda, u madridliklar Zinedin Zidanga ishonch bildirmayotganini sezib turibdi.

Bundan avvalroq, madridliklar klubi futbolchilari Mourinoning klubga qaytishiga qarshiligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha Madrid klubini boshqargan.

Ispaniya chempionatining so‘nggi o‘yinida «Real» «Malorka»ga yutqazdi (0:1). Jamoa ayni vaqtda, 9 o‘yindan 18 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz