Узбек O'zbek
Mbappe – YeCHL tarixida zaxiradan maydonga tushib, xet-trikka erishgan to‘rtinchi futbolchi
Chorshanba, 23 Oktabr
5257

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «Bryugge»ga qarshi o‘yinda uchta gol urdi. U 52-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 61, 79, 83-daqiqalarda gollar urdi.

Jurnalist Aleksis-Martin Tamayo o‘zining «tvitter»dagi sahifasida yozishicha, Mbappe Chempionlar Ligasi tarixida zaxiradan maydonga tushib, xet-trikka erishgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Bungacha Uve Ryosleru («Kayzerslautern», 1998), Valter Pandiani («Deportivo», 2001), Xosebe Lorente («Vilyarreal», 2008) shunday natijani qayd etishgan.

Bundan tashqari Mbappe yevrokuboklarda xet-trikka erishgan eng yosh fransuz futbolchisiga aylandi. U hozir 20 yoshda. Bungacha ushbu rekord Jan-Per Papenga tegishli edi. U 1985 yili 21 yoshida «Bryugge» jamoasi safida UEFA Kubogida xet-trik qayd etgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz