Узбек O'zbek
Libertadores Kubogi. Dastlabki finalchi aniqlandi
Chorshanba, 23 Oktabr
2279

Janubiy Amerikaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri sanalgan Libertadores Kubogida dastlabki finalchi aniqlandi.

Buenos-Ayres derbisida «River Pleyt» jamoasi yarimfinalning javob o‘yinida «Boka Xuniors»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berganiga qaramay, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Chunki dastlabki o‘yinda «River Pleyt» 2:0 hisobida zafar quchgandi.

Ertaga ikkinchi yarimfinalning javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Braziliyaning ikki klubi – «Flamengo» va  «Gremio» to‘qnash keladi. «Gremio» maydonida o‘tgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Libertadores Kubogi, yarimfinal
23 oktyabr
Boka Xuniors – River Pleyt 1:0 (Dastlabki o‘yin: 0:2) 
«Alberto Armando»
Gol: Karlos Urtado (80).
Boka Xuniors: Andrada, Lopes, Mas, Iskerdos, Buffarini, Markone, Mak Allister (Vilya, 81), Salvio, Almendra (Sarate, 61), Abila (Urtado, 61), Teves.
River Pleyt: Armani, Pinola, Kasko (Dias, 71), Montel, Kuarta, Peres, Palasios, de la Krus, Fernandes, Borre (Pratto, 67), Suares (Skokko, 81).
Ogohlantirishlar: Mak Allister (45+2), Markone (54), Fernandes (55), Teves (72), Peres (79), Dias (88), Skokko (89), Kuarta (90+2).

24 oktyabr
Flamengo – Gremio 
(dastlabki o‘yin: 1:1)

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz