Узбек O'zbek
«Bavariya» himoyachisi jiddiy jarohat oldi
Chorshanba, 23 Oktabr
2812

«Bavariya» rasmiy saytida klub himoyachisi Lukas Ernandesning holati haqida ma’lumot berildi. Fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasining 3-turida «Olimpiakos»ga qarshi kechgan o‘yinda (3:2) jarohat olib, maydonni tark etgandi.

Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga o‘ng oyog‘ining to‘piq qismida bo‘g‘imlar uzilgani bo‘yicha tashxis qo‘yilgan. U endi bir necha hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ernandes «Bavariya»ga shu yil yozida «Atletiko»dan 80 mln yevro evaziga o‘tgandi. Joriy mavsumda Lukas Bundesliganing 6 o‘yinida, Chempionlar ligasida esa ikki o‘yinda ishtirok etdi.

Sakkiz turdan keyin «Bavariya» Germaniya chempionati turnir jadvalida 15 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinda joylashgan, birinchi va ikkinchi o‘rinlardagi Myonxengladbaxning «Borussiya» va «Volfsburg» klublari 16tadan ochkoga ega. Dortmundning «Borussiya» va «RB Leypsig» klublari ham myunxenliklar bilan bir xilda ochko jamg‘argan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz