Узбек O'zbek
Evra: «Men 10 yil oldin «Arsenal» o‘yinchilarini «bolakaylar» deb atardim, hozir ham shunday»
Seshanba, 22 Oktabr
2631

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Patris Evra APLning 9-turida «Sheffild Yunayted»ga yutqazgan (0:1) «Arsenal» jamoasining o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Sheffild» g‘alabaga loyiq edi, ammo «Arsenal»ning o‘yini meni hayron qoldirmadi. Bahsdan oldin ular tuzoqqa tushishlari mumkinligi haqida aytgan edim.

Men 10 yil oldin «Arsenal» futbolchilarini «yosh bolakaylar» deb atardim. Hozir ham shunday.

«Arsenal» chiroyli o‘ynaydi, yaxshi ko‘rinadi. Ammo g‘olib jamoaga o‘xshamaydi. Ular faqat yaxshi o‘ynashni bilishadi. Avvallari «Arsenal»ga qarshi o‘yinlardan oldin xursand bo‘lganman, chunki g‘alaba qozonishimizni bilardim.

Van Persi bizga o‘tganida men unga: «Erkaklar klubiga xush kelibsan», – degandim. Avvaliga u xafa bo‘ldi. Ammo 1 oydan keyin «Sen haqsan, Patris», – dedi.

Genduzi – «Arsenal»ning eng yaxshi markaziy yarimhimoyachisi. U bu yerga kelguniga qadar Fransiyaning 2-divizionida o‘ynardi, hozir bu yerda eng yaxshi o‘yinchi. Men Obameyang va Lyakazettni hurmat qilaman, ammo ular ham gol urishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. «Arsenal»da hech narsa o‘zgarmagan», – deb Evraning so‘zlarini keltiradi Goal.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz