Узбек O'zbek
Emeri: «Mag‘lubiyatga loyiq emasdik»
Seshanba, 22 Oktabr
1463

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri APLning 9-turidan o‘rin olgan «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:1) o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Raqib bitta xavfli vaziyatni amalga oshirdi va bundan foydalandi. Bizda gol urish uchun ko‘proq imkoniyatlar bo‘ldi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. «Arsenal» ushbu o‘yinda ko‘prog‘iga loyiq edi. 

To‘p o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng o‘yinni yaxshi nazorat qila boshladik, ammo raqib yaxshi himoyalandi va hujumlar qilish qiyin bo‘ldi. «Arsenal» har bir o‘yinda bunday muammolarga duch keladi. Bugun 3 ochko olishimiz kerak edi. Natijadan ranjidik, ammo bu mag‘lubiyatdan saboq olishimiz mumkin», – deb Emerining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz