Узбек O'zbek
APL. «Arsenal» Chempionshipdan chiqqan jamoaga yutqazdi
Seshanba, 22 Oktabr
2015

Angliya Premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahs yakunlandi. Unda «Arsenal» Chempionshipdan APLga chiqqan «Sheffild Yunayted» mehmoni bo‘ldi va minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa «Sheffild» ochkolari sonini 15taga yetkazib, «Arsenal»ga yetib oldi. Bu ikki jamoa 9-turdan so‘ng turnir jadvalining 5-6-o‘rinlariga joylashdi.

APL, 9-tur

Sheffild Yunayted – Arsenal 1:0 

21 oktyabr, «Bremmel Leyn»
Gol: Musse (30).
Sheffild Yunayted: Xenderson, Baldok, Basham, Igan, Stivens, Flek, Landstrem, Norvud (Makbarni, 85), O`Konnell, Makgoldrik (Frimen, 78), Musse (Sharp, 56).
Arsenal: Leno, Chembers, Luiz, Kolashinats, Papastatopulos, Genduzi, Jaka (Lyakazett, 69), Uillok (Sebalos, 46), Pepe (Martinelli, 78), Obameyang, Saka.
Ogohlantirishlar: Flek (15), Saka (35), O'Konnell (39), Makgoldrik (66), Kolashinats (67), Xenderson (75), Papastatopulos (86), Chembers (90+4).

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz